Главная » 2020 » Февраль » 1 » “Faqat qornim chiqib ketyapti...”: Nima uchun tananing ayrim qismlari semiradi?
09:09

“Faqat qornim chiqib ketyapti...”: Nima uchun tananing ayrim qismlari semiradi?


Har bir inson turlicha semirishini bilasizmi? Kimlarningdir qorni semirsa, yana kimlarningdir beldan pasti kattalashib boraveradi. Ma’lum qismlarning semirishiga muayyan bir sabablar bor... Ulardan boxabar bo‘lsangiz, ayrim sohalarning semirishiga chek qo‘ygan bo‘lasiz.

1.  Harakatsizlik sabab yog‘ yig‘ilishi
Avval ko‘p jismoniy harakat bilan shug‘ullanib, to‘satdan bu odatni tashlaganlar  boshqacha semiradi. Ularning qorni xuddi xamirturush qo‘shilgan xamirdek shishadi, qo‘l terisi osiladi va belda yog‘ qatlamlari yig‘iladi.

2.  Nasliy semirish
Semiz oyoqlarni irsiyat va qon-tomir muammolari bilan bog‘lashadi. Bu turdagi semizlikning boshqalaridan farqi shundaki, oyoqlar tananing ustki qismidan sezilarli darajada hajmdor bo‘lib boradi.

3. Moddalar almashinuvi bilan kuzatilgan semizlik
Moddalar almashinuvining sezilarli yoki butunlay buzilishi sabab ortiqcha vazn paydo bo‘ladi. Bu holatda qorinning ichki a’zolarida ortiqcha yog‘ to‘plangani bois u shishib ketadi.

4. Gormonlar buzilishi sabab kuzatiladigan semizlik
Ayniqsa, ayollik gormonlarining buzilishi oqibatida tananing oyoq tizzasidan boshlab to dumba qismigacha semiradi. 

5. Asabiylashish sabab ko‘p yeb qo‘yish
Haddan ortiq ko‘p yeb qo‘yadiganlarda semizlik, asosan, qorinning pastki qismida kuzatiladi.

6. Bo‘kib yeyish oqibatida kuzatiladigan semizlik
Yog‘ tananing yuqori qismida yig‘iladi. Yuz yanoqlaridan tortib, belning yon qismlarigacha semirib ketadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя