Главная » 2020 » Сентябрь » 22 » Faqat Toshkent viloyati va poytaxtda koronavirusni yuqtirganlar aniqlandi
00:05

Faqat Toshkent viloyati va poytaxtda koronavirusni yuqtirganlar aniqlandi


2020-yil 22-sentyabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 857 (+172) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 103 nafari Toshkent viloyatida, 69 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun kun davomida mamlakatimizda 598 holatda kasallik qayd etildi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 323 nafar, Toshkent viloyatida 131 nafar, Namangan viloyatida 84 nafar, Samarqand viloyatida 25 nafar, Andijon viloyatida 16 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Jizzax viloyatida 11 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 49 224 (+618) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 191 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: poytaxtda, yuqtirganlar, Toshkent viloyati, aniqlandi, Koronavirusni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя