Главная » 2020 » Июнь » 3 » Farg‘onada 12 yoshli bolani poyezd urib yubordi
12:31

Farg‘onada 12 yoshli bolani poyezd urib yubordi


«Andijon-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi «Marg‘ilon-Oltiariq» temir yo‘l bekatlari oralig‘ida 12 yoshli bolani urib yuborgan. Bu haqda Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

30-may kuni soat 11:45larda sodir bo‘lgan hodisada piyodalar o‘tish yo‘lagidan velosipedda o‘tib ketmoqchi bo‘lgan 2008 yilda tug‘ilgan Z.J. jiddiy tan jarohati olgan.

U Oltiariq tumani ShTTYoB ga olib borilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan 2020-yil 2-iyun kuni shifoxonada vafot etgan.

Ushbu baxtsiz hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bolani, urib yubordi, poyezd, Farg‘onada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя