Главная » 2020 » Ноябрь » 5 » Farg‘onada 18 yoshli yigit bosqinchilar qurboniga aylandi
11:51

Farg‘onada 18 yoshli yigit bosqinchilar qurboniga aylandi


Farg‘ona. 2020 yilning 01 noyabr kuni soat 16:00 da 18 yoshli E.B., tanishi 20 yoshli U.Q., bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Qo'qon shahar Urganjibog‘ ko‘chasida ketayotgan 18 yoshli I.I.,ni to‘xtatib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, yonlarida bo‘lgan pichoq bilan hujum qilib, I.I.,ning yuz sohasiga qo‘li bilan urib, uning bahosi 3 mln. 600 ming so‘mlik “MI NOTE10 LITE” rusumli telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan egallab, Qo'qon shahar Farobiy savdo kompleksida fuqaro B.I.,ga telefon apparatini jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilganligini aytmasdan jami 2.600.000 so‘mga sotib yuborishgan.

Tergov qadar tekshiruv jarayonida, E.B.,dan 686 ming so‘m hamda uning uyidan 800.000 so‘m naqd pul hamda fuqaro B.I.,dan “MI NOTE10 LITE” rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, E.B. va U.Q.,lar JKning 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 18 yoshli, qurboniga, aylandi, bosqinchilar, Yigit, Farg‘onada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя