Главная » 2020 » Апрель » 25 » Farg‘onada 22 nafar bemor koronavirusni yengdi
15:03

Farg‘onada 22 nafar bemor koronavirusni yengdi


Koronavirus pandemiyasi avj olgan bir paytda yurtimizda ushbu xastalikdan tuzalganlarning safi kengayib borayotgani e’tiborga molik. Jumladan, mamlakatimizda ham fidoyi va tajribali shifokorlarimiz sa’y-harakati tufayli koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar navbatma-navbat darddan forig‘ bo‘layotgani barchamizni quvonchimizga sabab bo‘lmoqda.

Jumladan, Farg'ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ham koronavirus infeksiyasiga chalingan 22 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 19 nafari charter reys orqali Turkiyadan, 1 nafari Misrdan va yana 1 nafari Praga shahridan Farg'onaga kelishgan bo‘lib, karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bir nafar farg‘onalik bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirgan. Ulardan 9 nafari Toshkent shahridan, 5 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Andijon, Farg'ona va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 12 nafari ayollar bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 49 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 30 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 52 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 679 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Farg‘onada, koronavirusni yengdi, Bemor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя