Главная » 2018 » Январь » 24 » Farg‘onada 3 oylik chaqaloqni 13 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:40

Farg‘onada 3 oylik chaqaloqni 13 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi


Milliy xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar 23 yoshli O.G. va 21 yoshli M.N. 3 oylik chaqaloqni 13 ming AQSh dollari evaziga sotayotgan paytda qo‘lga olindi. Har ikki ayol voqea joyida ushlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri xabar bergan.

MXXning viloyat Boshqarmasi tezkor xodimlarining IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan ikkinchi maxsus tadbirda esa Yozyovon tumanida yashovchi A.D. va M.U. tomonidan 3 yoshli bolani 7 ming AQSh dollariga sotib yuborilishining oldi olindi.

Ta’kidlanishicha, mazkur voqea yuzasidan Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoiy ish ishtirokchilariga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Chaqaloq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя