Главная » 2020 » Ноябрь » 21 » Farg‘onada 3 soatdan 28 soatgacha elektr uzilishlar kuzatildi. Viloyat prokuraturasi mutasaddilarga ma’muriy ish qo‘zg‘atdi
11:38

Farg‘onada 3 soatdan 28 soatgacha elektr uzilishlar kuzatildi. Viloyat prokuraturasi mutasaddilarga ma’muriy ish qo‘zg‘atdi


Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan elektr tarmoqlari va qurilmalarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berilishining ahvoli o‘rganildi, deya xabar qildi O‘zA.

Nazorat tadbirlarida yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida sodir bo‘ladigan avariyalarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha mobil guruhlar faoliyati talab darajasida tashkil etish, ularning moddiy-texnik bazasi to‘liq tashkil etilmaganligi oqibatida viloyat hududlarida kuniga 3 soatdan 28 soatgacha elektr energiyasi yetkazib berilishida uzilishlar kuzatilganligi aniqlangan.

Quva tumanida 3 soatdan 28 soatgacha, Qo‘shtepada kuniga 3−7 soatgacha, Furqatda 9 soatgacha, Marg‘ilon shahar, Beshariq, Toshloq, O‘zbekiston, Oltiariq va Yozyovonda 4 soatgacha, Bag‘dod 3 soatgacha, Rishton, Buvayda va Dang‘arada 5 soatgacha, Uchko‘prikda 2 soatgacha uzilishlar kuzatilgan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan ushbu holatlar yuzasidan viloyat, tuman va shahar elektr tarmoqlari korxonalari mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 198-moddasi 1-qismida (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik) ifodalangan huquqbuzarlik alomatlari bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atildi.


Manba: "aniq.uz"
| Теги: qo‘zg‘atdi, prokuraturasi, Farg‘onada, ma’muriy ish, uzilishlar, elektr | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя