Главная » 2020 » Июль » 14 » Farg‘onada 42 yoshli fermer o‘zini osdi
10:48

Farg‘onada 42 yoshli fermer o‘zini osdi


Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida mahalliy fermerlardan biri o‘zini-o‘zi osib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 9-iyul kuni uchko‘priklik mahalliy fermer A.O. (1978-yilda tug‘ilgan) dala shiyponi to‘siniga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini-o‘zi osishi natijasida vafot etgan. Tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilganda (marhum o‘z joniga qasd qilishida foydalangan) arqon hamda Nokia 1110 rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa shubhali ashyo va buyumlar topilmagan.

Qo‘qon tumanlararo sud tibbiy ekspertiza punktining dastlabki xulosasida A.O. o‘limiga bo‘yin a’zolarini yarim qattiq jism bilan qisilib osilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganligi ko‘rsatiladi.

Hozirda holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.

“Fermerning o‘limi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardan tarqalgan turli mazmundagi xabarlarga tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlik kiritiladi va qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning yanvar oyida mingbuloqlik fermer qarzi sabab o‘zini o‘ldirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Farg‘onada, fermer, o‘zini osdi, 42 yoshli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя