Главная » 2020 » Май » 9 » Farg‘onada 5 nafar bemor koronavirusni yengdi
15:20

Farg‘onada 5 nafar bemor koronavirusni yengdi


Bugunning ilk xushxabarini Farg'ona viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning butunlay sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatilganligi haqidagi yangilik bilan boshlaymiz.

Tuzalib chiqqanlarning 3 nafari Rossiyadan, 2 nafari esa Germaniya-Rossiya-Qozog‘iston uzoq masofaga qatnovchi xalqaro yuk avtomashinasida kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.
Ularning barchasi erkak bo‘lib, 3 nafari Farg‘ona viloyatidan, 2 nafari esa Buxoro viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 35 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 131 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 136 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1780 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Farg‘onada, Bemor, koronavirusni yengdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя