Главная » 2021 » Май » 19 » Farg‘onada er xotinini pichoqlab o‘ldirib, IIBga qotillik haqida o‘zi xabar berdi
09:34

Farg‘onada er xotinini pichoqlab o‘ldirib, IIBga qotillik haqida o‘zi xabar berdi


Joriy yilning 16 may kuni soat 23:30 larda Rishton tuman IIB navbatchilik qismiga fuqaro Sh.M. kelib, turmush o‘rtog‘i fuqaro S.M.ni qasddan o‘ldirganini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda.
 
Aniqlanishicha, fuqaro Sh.M. Rishton tumani “Nosgar” MFYda yashab kelgani holda turmush o‘rtog‘i S.M. bilan 2019 yilning dekabr oyidan buyon birga yashamasdan, uning “Doston” ismli tanishi bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurgani yuzasidan nizolashib kelgan.

U joriy yilning 16 may kuni soat 23:00 larda turmush o‘rtog‘i S.M. bilan farzandi — 2018 yilda tug‘ilgan H.Z.ni davolatish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga kelib, shifoxonaning kirish qismidagi hojatxona tomonga birgalikda o‘tib, rashk tufayli oldindan o‘ylab qo‘ygan qasd olish rejasini amalga oshirgan.

U o‘zining o‘ng oyoq qismiga bog‘lab olgan oshxona pichog‘ini olib, turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismini ikki marotaba pichoq bilan kesib, orqa kurak qismiga ikki marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan. 
  
Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro S.M.ning o‘limiga bo‘yin a’zolarini chuqur sanchilib-kesilgan jarohatlari, bo‘yin qon-tomirlari, mushaklari va paylarining bo‘yin umurtqasigacha kesilishi, ko‘krak qafasining orqa yuzasi yuqori qismidagi plevra bo‘shlig‘iga teshib o‘tuvchi sanchilib-kesilgan jarohatlari oqibatidagi o‘tkir qon yo‘qotish sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 17 may sanasida Rishton tuman prokuraturasi tomonidan Sh.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sh.M. kecha, 18 may kuni jinoyat ishi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
   
Qayd etilishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi tergovi ustidan nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, natijasi haqida qo‘shimcha axborot berilishi ta’minlanadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: er, o‘ldirib, xotinini, pichoqlab, Farg‘onada, qotillik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя