Главная » 2022 » Ноябрь » 11 » Farg‘onada pirotexnika vositalarining savdosiga chek qo‘yildi
19:02

Farg‘onada pirotexnika vositalarining savdosiga chek qo‘yildi


Fargʻona viloyati IIB PPX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 7-noyabr kuni Birinchi mintaqaviy hudud PPX otryadi 1-guruh xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida Margʻilon shahrida yashovchi, voyaga yetmagan A.R ning harakatlari shubha uygʻotganligi sababli, uning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida xorijda ishlab chiqarilgan, taxminiy qiymati 30000 (oʻttiz) ming soʻm boʻlgan, jami 6 dona “Solovey razboynik” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Xuddu shu kuni Margʻilonda yashovchi yana bir voyaga yetmagan Gʻ.B. yonidan ham 6 dona “Solovey razboynik” nomli pirotexnika vositalari topildi.

Fargʻona viloyati IIB Ikkinchi mintaqaviy hudud PPX otryadi 1-guruh xodimlari Qoʻqon shahar Sarboz koʻchasida yashovchi T.Z ismli fuqaroga qarashli gul doʻkonidan taxminiy qiymati 2 million 700 ming soʻm boʻlgan, 8 dona pirotexnika vositasini aniqladilar.

Aniqlangan barcha holatlar yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Chek, vositalarining, pirotexnika, qo‘yildi, Farg‘onada, savdosiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя