Главная » 2017 » Июль » 22 » Farg‘onada xotin o‘z erini pichoqlab qo‘ydi
20:45

Farg‘onada xotin o‘z erini pichoqlab qo‘ydi


Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIBga 2017-yil 17-iyul kuni xotin o‘z eri bilan janjallashib, uni pichoqlab qo‘ygani haqida ma’lumot kelib tushgan, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Soat 20:00 larda O‘zbekiston tumanida yashovchi uy bekasi Nazira Sharipova (ism-sharifi o‘zgartirilgan) shifokor bo‘lib ishlovchi turmush o‘rtog‘i Jaloliddin Vohidov bilan o‘zaro oilaviy kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolgan.

Janjal davomida Nazira Sharipova uy ichida tokchada turgan oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining chap qorin yuqori qismiga bir marotaba urib jarohat yetkazgan. Natijada Vohidov tan jarohati olib, davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan.

Xabar berishlaricha, tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan Nazira Sharipovaga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pichoqlab qo‘ydi, o‘z, Farg‘ona, erini, xotin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя