Главная » 2017 » Февраль » 24 » Farg‘onadagi sexda portlash. Qurbonlar bor
16:12

Farg‘onadagi sexda portlash. Qurbonlar bor


23 fevral soat taxminan 16:30 da Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida joylashgan “Farg‘onaazot” OAJ hududidagi ammiak sexida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari davomida portlash yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, yuz bergan falokat sabab qurbonlar mavjud. Hozircha ularning shaxsi va soni haqida aniq ma’lumotlar keltirilmagan.
 
Ayni vaqtda jabrlanganlar va ularning oilalariga zaruriy yordam ko‘rsatilmoqda. Noxush voqea sababini aniqlash bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: portlash, sexda, Farg‘ona | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя