Главная » 2021 » Январь » 10 » Farg‘onalik fuqaro 165 kilogramm go‘shtni deb 10 yilgacha qamalishi mumkin
14:00

Farg‘onalik fuqaro 165 kilogramm go‘shtni deb 10 yilgacha qamalishi mumkin


Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida fuqaro O.F. M.X.ning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo‘lgan 9.447.000 so‘mlik 165 kilogramm mol go‘shtini sotib olishga kelishgan. Xaridor pullarni bir hafta muddatda berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan mol go‘shtini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. 

Farg‘ona IIB ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.  


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: go‘shtni, Farg‘onalik, qamalishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя