Главная » 2018 » Апрель » 27 » Farg‘onalik ota o‘z o‘g‘liga «Muhammad qassob» deya ism qo‘yganini bilarmikan?
11:39

Farg‘onalik ota o‘z o‘g‘liga «Muhammad qassob» deya ism qo‘yganini bilarmikan?


18 aprel kuni Farg‘ona shahrining Yormozor hududida yashovchi Madrahimovlar oilasida chaqaloq dunyoga keldi. Unga «Liverpul»ning misrlik o‘yinchisi Muhammad Salohga havas qilinib, Muhammadsalloh deb ism qo‘yilgani haqida avvalroq xabar berilgandi-, deb yozadi Fozilbek Yusupov o‘z blogida.

Muhammad Salohning hozirgi kundagi o‘yinidan barchamiz rohatlanyapmiz. Farzandim tug‘ilishidan 3-4 kun avval do‘stlarim bilan suhbatlashib turgan edik. Ko‘proq biz futbol mavzusida gaplashamiz. Yaqin kunlarda farzandli bo‘lishimdan xabarlari bor edi. Shunda Jamshid ismli do‘stimiz taklif qildi ismini Muhammadsalloh qo‘ygin deb. Bu fikr barchamizga ma’qul keldi. Rosti, u kunlarda ism tanlash borasida umumman o‘ylamayotgan edim. Aynan do‘stim bunga sababchi bo‘ldi. O‘zim futbolchi bo‘lishni istaganman. Ammo taqdir taqozosi bilan futbolchi bo‘lish nasib qilmagan. Avvalo bu taqdir, o‘g‘lim kim bo‘lishini o‘zi hal qiladi, agar futbolchi bo‘lmoqchi bo‘lsa, barcha sharoitlarini yaratib beraman.

Madrahimov Umidjon, Muhammadsallohning otasi

Biroq Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonovning ta’kidlashicha, ism xato qo‘yilgan, ya’ni Salloh emas, balki Saloh bo‘lishi kerak.

Salloh — mol so‘yadigan mutaxassis, qassob degani. «Ular — salloh pichog‘iyu, biz esa — bo‘g‘iz» (N.Hikmat). Saloh — haqqoniylik, to‘g‘rilik ma’nosini beradi.

Bundan kelib chiqadiki, farg‘onalik ota o‘z o‘g‘liga «Muhammad qassob» deya ism qo‘ygan?

Ota, albatta, buni o‘zi bilmagan holda amalga oshirgan, shu sababli ismni iloji boricha tezroq almashtirish tavsiya qilinadi. Bu borada huquqiy jihatdan hech qanday muammo bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 228-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish yetarli asoslar mavjud bo‘lib, manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmaganda ushbu dalolatnoma yozuvlari saqlanayotgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 48-ilova

O‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarning tug‘ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralishni qayd etish daftarlariga o‘zgartirishlar kiritish ularning arizalariga binoan amalga oshiriladi.

O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarning tug‘ilish haqidagi yozuvlar daftariga o‘zgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga binoan amalga oshiriladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Farg‘onalik, Muhammad qassob, Ota, deya, o‘z o‘g‘liga, qo‘ygan, bilarmikan, ISM | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя