Главная » 2016 » Ноябрь » 5 » Farhod Badalovning Onasi olamdan o‘tdi
14:37

Farhod Badalovning Onasi olamdan o‘tdi


Aktyor, rejissyor va prodyuser Farhod Badalov onasining oyoqlarini yuvib, o‘payotgani tasvirlangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘lgani haqida avval xabar berilgandi. Bugun ushbu suratdagi onaxon vafot etdilar.

Bu haqda jurnalist Jasur Hamroyev o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar qoldirdi.

“Bu yigitning volidai muhtaramasini oyoqlarini yuvib, o‘pgani aks etgan suratlari bir necha oy ilgari qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Kim “barakalla” dedi, kimdir rosa tanqid qildi... Bugun bu onaxon jonini Yaratganga uzatdi... U endi oramizda yo‘q. Ulgurib qolganimiz armon bo‘lmaydi... Har on g‘animat! Hayot, ota-ona, do‘stlar g‘animat! Farhod, sizga va oila a’zolaringizga sabr tilayman”, deb yozadi Jasur Hamroyev.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz ijodiy jamoasi nomidan Farhod Badalovning yaqinlariga hamdardlik izhor etamiz.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: onasi, Farhod Badalov, olamdan o‘tdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя