Главная » 2020 » Май » 12 » «Farhod» bozorida koronavirusga gumon qilingan shaxsning tahlil natijasi ma’lum bo‘ldi
17:51

«Farhod» bozorida koronavirusga gumon qilingan shaxsning tahlil natijasi ma’lum bo‘ldi


Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda «Farhod» bozoridagi ehtiyot qismlar rastalari tadbirkorlaridan birida yuqori harorat kuzatilganligi tufayli bozor yopib qo‘yilganligi haqidagi xabarlar e’lon qilingan edi.

Aslida esa shu kuni bozor xududiga kiraverishda o‘rnatilgan tibbiy tekshiruvlar davomida bir nafar fuqaroda yuqori harorat aniqlangan va u darhol izolyasiyaga olingan edi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Koronavirusga gumon qilingan fuqaro bozor hududiga kirishga ulgurmagan. Kechaning o‘zida 1989 yilda tug‘ilgan (erkak) ushbu fuqarodan koronavirusga o‘tkazilgan diagnostik tahlil unda «Covid-19» infeksiyasi aniqlanmaganligini ko‘rsatgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, shu kunlarda mazkur bozorda dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga ko‘ra bozor ishga tushishi rejalashtirilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: gumon qilingan, ma’lum bo‘ldi, koronavirusga, Farhod bozorida, natijasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя