Главная » 2018 » Апрель » 24 » Farhod Saidov va Sitora Farmonova qo‘shiqlari saviyasi past deb topildi
18:00

Farhod Saidov va Sitora Farmonova qo‘shiqlari saviyasi past deb topildi


Joriy yilning 20 aprel kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” Matbuot xizmati xabar qildi.

Kengashda beshta xonandaning qo‘shiqlari uchun tasvirga olingan videokliplar ko‘rib chiqildi.

Ulardan Elmurod Sobirjonov “Sevdim”, Bexruz Toxirov “Keling dema”, Sardor Bekmurodov “Bolaga kitob bering” deb nomlangan xonandalar qo‘shiqlarga tasvirga olingan videokliplarni OAV orqali efirga uzatishga tavsiya berildi.

Shuningdek, Farhod Saidovning “Jimir-jimir” hamda Sitora Farmonovaning “Chamanda gul” deb nomlangan qo‘shiqlarining matni saviyasi past bo‘lganligi bois, kengash a’zolari tomonidan qattiq tanqid ostiga olinib rad etildi.

Ikrom Rahmon


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Sitora Farmonova, Farhod Saidov | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя