Главная » 2021 » Январь » 2 » «Farosatsizlikka yo‘l qo‘ygan mahalliy mutasaddilarni mutlaqo oqlab bo‘lmaydi» — «Vaqf» fondi qorbobolar yuzasidan javob berdi
11:52

«Farosatsizlikka yo‘l qo‘ygan mahalliy mutasaddilarni mutlaqo oqlab bo‘lmaydi» — «Vaqf» fondi qorbobolar yuzasidan javob berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan yurtimizda istiqomat qilayotgan yordamga muhtoj oilalarga ulashilgan xayriya mahsulotlari oldida qorbobo surati tasvirlangan fotolavhalar yurtdoshlarimizda turli salbiy fikrlarni keltirib chiqardi.

«Vaqf» xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati tarqatgan xabarda bu voqeaning ro‘y berishi va unga tashkilotning aloqasi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.

Xabarda aytilishicha, «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan mehr-muruvvat tadbirlari biror-bir sana yoki ijtimoiy bayramlarga aloqasi ham, qorboboni taklif etishda Fondning o‘rni ham yo‘q.

«Joylardagi tadbirlarning shakli va mazmuni hududlardagi tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan bo‘lib, bunday farosatsizlikka yo‘l qo‘ygan mahalliy mutasaddilarni mutlaqo oqlab bo‘lmaydi. Xususan mana shu holatga sababchi bo‘lgan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi vakillari uzr so‘rashlari kerak.

Shunday ekan, tarqatilgan suratlardagi qorbobolarning «Vaqf» xayriya jamoat fondiga hech qanaqa aloqasi yo‘q. Bu holat uchun Fond va uning xodimlarini obro‘sizlantirish haqorat va adolatsizlikdir. Har qanday to‘g‘ri va ishonchli ma’lumotni istalgan vaqtda Fondning o‘zidan olish mumkinligini yana bir bor ta’kidlaymiz», — deyiladi fond xabarida.

Xabarning davomida fond amalga oshirgan ishlar haqida gapirilib, jami 91550 nafar kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ulashilgani, 56 ta «Mehribonlik», «Muruvvat» va «Saxovat» uylaridagi mavjud ehtiyojlarni o‘rgangan holda, ularga foydalanish uchun televizor, kir yuvish mashinasi, tikuv mashinasi, kompyuter va printer, sovutgich, generator, videokamera, changyutgich, pech, dazmol kabi zarur texnik jihozlar olib berilgani aytilgan.

«Sinovli kunlarda yanada jipslashib, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, yiqilganni suyash o‘rniga, mana shunday 100 mingdan ziyod oilalar va bir necha yuz ming insonning dardiga malham bo‘lgan savobli ishlarga soya solish va noxolis talqin etish chin mo‘minlik sifati emas», — deyiladi fond bayonotida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Vaqf, oqlab, fondi, mutasaddilarni, Farosatsizlikka, qorbobolar | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя