Главная » 2018 » Май » 1 » Farrosh axlatxonadan 7 bo‘lak oltin topdi
20:57

Farrosh axlatxonadan 7 bo‘lak oltin topdi


Janubiy Koreyaning Inchxon aeroportida ishlovchi farroshga omad kulib boqdi. U chiqindi konteyneridan umumiy qiymati 327 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi yetti oltin bo‘lagini topib oldi.

Har bir oltin bo‘lagi bir kilogrammdan gazeta ichiga o‘ralgan bo‘lgan. Polisiya taxminlariga ko‘ra, oltinlar egasi qo‘lga tushmaslik uchun ularni axlatxonaga tashlagan.

Agar oltin bo‘laklari egalari yarim yil ichida o‘zini namoyon etmasa, barcha pullarga farrosh egalik qilishi mumkin, deyiladi Scmp'da.

Janubiy Koreya qonunchiligiga ko‘ra, oltin bo‘laklarining egasi namoyon bo‘lgan taqdirda ham, farrosh baribir topilma qiymatining 20 foizigacha foyda olish huquqiga ega.

Biroq bordi-yu bu oltin bo‘laklari jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgani aniqlansa, ular hech kimga nasib etmaydi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 7 bo‘lak, axlatxona, oltin topdi, Farrosh | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя