Главная » 2016 » Декабрь » 9 » Farrux Zokirov ham davlat telekanallariga qaytarildi
17:42

Farrux Zokirov ham davlat telekanallariga qaytarildi


Avvalroq, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi telekanallar O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlarini namoyish etishni boshlagani haqida xabar bergan edik.
 
Ancha yillardan buyon davlat telekanallarida ko‘rinmaydigan san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov va “Yalla” ansamblining qo‘shiqlari ham telekanallar efiridan o‘rin olishni boshladi.
 
Afsonaviy “Yalla” guruhi solisti O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov ayni damda 70 yoshni qarshilagan. Xonanda hamon to‘y va tadbirlarda faol. Zokirov qachon so‘nggi bor TVga chiqqaniyu, “Yalla” oxirgi konsertini qachon taqdim etganini ko‘pchilik eslolmaydi.
 
Ma’lumotlaraga qaraganda, Farrux Zokirov va Yulduz Usmonova konsert berish uchun tayyorgarlik ko‘rishmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Farrux Zokirov | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя