Главная » 2017 » Май » 4 » Farzandli bo`lgach, ko`zim xiralashdi
19:03

Farzandli bo`lgach, ko`zim xiralashdi


Qizim dunyoga kelgach, ko`rish qobiliyatim pasaydi. Chamasi olti-etti oy davomida uzoqdagi narsa-buyumni xira ko`rdim. Tibbiy tekshiruvlar tug`ruq asoratida ko`z paradasining shikastlangani, yuzasi g`adir-budir ko`rinishga kelganini ko`rsatdi. Shifokor xavotirga o`rin yo`q, vaqti – soati bilan o`tib ketadi, degan bo`lsada, ba`zida uzoqni ko`ra olmayapman. Nahot bu o`zgarishlar tug`ruq bilan bog`liq bo`lsa? Yoki boshqa biror sababi bo`lishi mumkinmi?

Sadoqat Nosirova, Toshkent viloyati

Savolga shifokor -okulist Nodira RASULOVA javob beradi:

– Ko`rish qobiliyatining pasayishiga turli omillar sabab bo`lishi mumkin. Eslab ko`ring, homiladorlik payti okulist shifokor ko`rigidan o`tganingizda ko`rish qobiliyatingiz qay tariqa tekshirilgan? Biror o`zgarish aniqlanmaganmi? Uzoqni xira ko`rish avvaldan ko`zda mavjud bo`lgan «plyus» yoki «minus»ning rivojlanishi bilan bog`liq bo`lishi ham mumkin. Ayni vaziyatda ko`z to`r pardasining ultratovushli tekshiruvini o`tkazib, ko`z bosimini o`lchash, ichki qavatlarida qon quyilishi sodir bo`lmaganmi tekshirish kerak. Tug`ruq vaqti ayol kuchanganida arterial qon bosimining oshishi, ko`z ichki bosimining ko`tarilishiga ham ta`sir qilishi mumkin. To`g`ri bu o`zgarishlar vaqti bilan o`tib ketadi. Ammo shunda ham e`tiborsizlik qilish yaramaydi. Okulist ko`rigidan o`tib, uzoqni xira ko`rishning asl sababini aniqlashtiring. Shunga ko`ra zaruriy muolaja oling. Mutaxassis tavsiyasi bilan ko`z gimnastikasi, turli vitaminlar va ko`rish qobiliyatini mustahkamlovchi usullar tadbiq etiladi. Ko`proq ko`katlar eng, mandarin, limon, sabzi tarkibida ham ko`z uchun foydali moddalar ko`p. Darvoqe homiladorlik payti kamqon bo`lmaganmisiz? Qonda gemoglabin miqdorining pastligi ham ko`rish qobiliyatining pasayishiga sabab bo`ladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Farzandli bolgach, kozim xiralashdi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя