Главная » 2020 » Сентябрь » 10 » Fathulla Mas’udovning bir umrlik orzularidan biri...
14:07

Fathulla Mas’udovning bir umrlik orzularidan biri...


Alloh taolo O‘z kalomi Qur’oni karimning Ankabut surasi, 57 oyatida shunday marhamat qiladi:

«Har bir jon o‘lim (achchig‘i)ni totuvchidir».

O‘lim har kimning boshida bor. Ammo, ulamolar yaxshi, solih insonlarning uzoq umr ko‘rishi jamiyat uchun manfaatlidir deganlar.

O‘zgalar g‘ami uchun qayg‘urib yashagan, husni xulq sohibi, ma’rifat va ma’naviyat targ‘ibotchilaridan biri, madaniyat sohasida ko‘p yillar samarali xizmat qilgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri rahbari, xalq e’tiboriga tushgan inson Fathulla Ma’sudov vafot etdi.

Alloh taolo marhumni O‘z mag‘firatiga olsin!

Yaqinlari Fathulla Ma’sudovni o‘zgacha ta’sirot bilan yodga olmoqda. Bu inson Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga, dinga, ulamolarga va ma’rifatga muhabbatli bo‘lganligini e’tirof etadilar.

«Imom Buxoriy va Imom Termiziyga bo‘lgan yuksak hurmati va o‘zgacha g‘oyibona mehri bor edi. Shundanmi, undagi odob, o‘zgalarga bo‘lgan iliq tabassum va go‘zal munosabat, ayniqsa go‘zal ahloqi juda ko‘pchilikni havasini keltirardi. Odamlarga qo‘ldan kelgancha xolis, samimiy yaxshiliklar qilardi, farz va sunnatlarga mustahkam bo‘lishga intilardi», deydi do‘stlaridan biri.

Shu yilning fevral oyi boshida ajdodlar merosiga bag‘ishlangan qisqa metrajli film suratga olishni boshladik. Tarixiy qahramonlar obrazlari uchun mos liboslar va rekvizitlar kerak bo‘ldi. Bir nechta joylarga murojaat qildik... Afsuski, natija bo‘lmadi. Milliy teatr telefon raqamlarini topib qo‘ng‘iroq qildik va xodimlar direktor Fathulla akadan ruxsat olish kerakligini aytib uyali telefon nomerlarini berdi.

Qo‘ng‘iroq qildik, Fathulla aka esa odob va chiroyli muomala bilan «qo‘limdan kelgancha xolis xizmat qilishga tayyorman, ertaga teatrga keling», deb javob berdilar. Ochig‘i mashhur inson muxlislari ko‘p san’atkordan bunday chiroyli munosabat va muomalani kutmaganligim sabab biroz hayratga tushdim...

Ertasiga teatrga bordik, bizni darvozadanoq iliq kutib olishdi va Axror ismli Fathulla akaning yordamchisi nima lozim bo‘lsa hammasini imkon qadar tayyor qilib berishini aytdi: «Fathulla aka menga qattiq tayinlaganlar, men xizmatingizdaman» dedi.

O‘zimizga kerakli narsalar, liboslar va rekvizitlarning ro‘yxatini berdik. Ishni grimyor (yuzni tarixiy shaxsga xos qilib bezaydigan shaxs) xonasidan boshladik. Pardozchi grim, salla-soqollar va xizmat haqqi qimmat turishini ta’kidladi. Shu payt Axror aka Fathulla akaga qo‘ng‘iroq qildi va Fathulla aka telefon orqali pardozchilarga biz uchun xizmatilar bepul ekanligini tushuntirib so‘zi oxirida: Saidabrorjon din va ma’rifat uchun qo‘limdan kelgancha xolis xizmatdaman, agar bizdan topilmasa boshqa joydan bo‘lsa ham topib beraman, haqqimizga duoda bo‘lsalaringiz bo‘ldi. Alloh bizlarni yo‘lidan adashtirmasin, mag‘firat qilsin» – deya ta’kidlab o‘tdi.

5 kun mobaynida har kuni teatrga borib grim qildirdik va liboslarni oldik, hamma biz uchun xolis xizmatda. Kunlarning birida Fathulla aka qo‘ng‘iroq qilib kamchiliklar yo‘qmi deya so‘rab qoldi. Men hammasi joyida rahmat dedim. Imom Buxoriy rolini kim o‘ynayapti deb so‘rab qoldilar, Institut talabalaridan biri dedim. «Agar imkoni bo‘lsa shu obrazni men ijro etsam, bir umrlik orzularimdan biri edi» dedi. Biz rozi bo‘ldik. Ammo, taqdir ekan «Fathulla» aka viloyatlarga safarga ketadigan bo‘lib qoldi va qo‘ng‘iroq qilib uzr so‘radi.

Tasvirga olish yakunlanganidan so‘ng Fathulla akaga minnatdorlik bildirib yordamlari uchun Qur’oni karim va hadis kitobini sovg‘a qildik. Juda ham xursand bo‘lib ketdilar. O‘sha onda ularning so‘ngi marta menga aytgan gaplari hali ham qulog‘imda chalinib turadi:

«Biz kim bo‘lishimizdan, qaysi kasb egasi ekanligimizdan, mavqe va boy-kambag‘alligimizdan qat’iy nazar Allohnikimiz va bir kun albatta Allohning O‘ziga qaytamiz. Shu fikrni ongimiz va qalbimizga singdirib unga amal qilib yashashni va uni xalqimizga ham yetkazib berishni o‘zimga farz va qarz deb bilaman».

Alloh taolo marhumning qilgan yaxshi amallarini o‘ziga hamroh qilib, O‘z jannatidan joy ato etsin! Farzandlari va ahliga sabru jamil bersin!


Manba: "aniq.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: orzularidan, bir umrlik, Fathulla Mas’udovning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя