Главная » 2020 » Март » 24 » Favqulodda vaziyatda birorta ham oila och qolmaydi – Ramzan Qodirov
21:33

Favqulodda vaziyatda birorta ham oila och qolmaydi – Ramzan Qodirov


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov koronavirus infeksiyasining tarqalishi munosabati bilan, mamlakatda 23 martdan boshlab barcha ommaviy tadbirlarni, xususan, to‘y va bazmlarni ham bekor qildi.

Ramzan Qodirov o‘zining telegram kanalida yozishicha, hukumatning asosiy vazifasi virusni tarqalib ketishi oldini olishdan iborat.

“Ko‘plab kafe va restoranlar mijozlar uchun yopiq bo‘ladi”, deydi Qodirov. Shuningdek, mamlakat mehmonlari ovqatlanishi uchun ba’zi joylar ochiq bo‘ladi, lekin qolgan barcha oshxonalarda yetkazib berish xizmati ishlaydi.

“Men ota-onalardan bolalarini savdo markazlariga olib bormaslikni iltimos qildim. Shuningdek, yoshi katta insonlardan zaruratsiz ko‘chalarga chiqmaslik so‘raldi. Men shuni ma’lum qilamanki, favqulodda vaziyatda birorta ham oila oziq-ovqatsiz qolmaydi”, — dedi Checheniston rahbari.

Ma’lum qilinishicha, yordamga muhtoj insonlar uchun ishonch telefonlari ishlab turibdi. Qo‘ng‘iroq qilganlarga kerakli oziq-ovqatlar va tibbiy yordam beriladi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя