Главная » 2020 » Декабрь » 5 » Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi
20:30

Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi


G‘oibnazarov so‘nggi bor 2019 yil dekabrda jang o‘tkazgan va ukrainalik Vladislav Baranovni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Hozirda faoliyatini professional ringda davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov (8-1-0, 5 KO) 5 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

 Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan jangda Fazliddinga Pyatigorsk shahrilik Manuk Dilanyan (11-4-1, 4 KO) raqiblik qildi.

 Fazliddin raqibining aniq zarba berishiga imkoniyat qoldirmadi. Sakkiz raund bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan jangning 3–raundida Dilanyan jigariga berilgan kuchli zarbadan so‘ng referi hisobni ochdi. Uni tanaffusga chalingan bong qutqarib qoldi.

 Butun jang davomida ustunlik qilgan o‘zbekistonlik bokschi hakamlarning bir ovozdan bergan qaroriga ko‘ra g‘olib deb e'lon qilindi.

 G‘oibnazarov so‘nggi bor 2019 yil dekabrda jang o‘tkazgan va ukrainalik Vladislav Baranovni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: g‘alaba qozondi, Fazliddin G‘oibnazarov, jangida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя