Главная » 2017 » Январь » 15 » Fe’lingiz yomonmi? davolaning!
08:57

Fe’lingiz yomonmi? davolaning!


Ba’zan o‘z-o‘zidan asabiy, ba’zida esa jizzaki bo‘lib qolamiz. Yana bo‘lar-bo‘lmasga yig‘lashimizni aytmaysizmi? To‘g‘ri, bu kabi hissiyotlar atrofimizdagi voqea-xodisalar ta’sirida ham yuz beradi. Ammo ruhshunoslar fikricha organizmdagi o‘zgarishlar his-xayajonlarning junbushga kelishiga sabab bo‘lar ekan. Quyida yevropalik ruhshunoslarning tadqiqotlaridan misol keltiramiz.

Agressiya

To‘g‘ri tanbeh berishayotganini bilasiz, biroq tezlikda javob qaytarib, suhbatdoshingizni «mot» qilishni istaysiz. Izn berilsa, yer bilan bitta qilishga ham tayyorsiz. Ya’ni sizda agressiya alomatlari sezilayapti. Ruhshunoslar bu holatni tez-tez yuzaga keladigan bosh og‘riqlari (ko‘pincha migren), o‘t pufagi, qorin dam bo‘lishi yohud ushbu a’zo bilan bog‘liq o‘zgarishlar hamda tish og‘rig‘ining asoratidan, deb taxmin qilishadi.

O‘zingizni notinch sezishingiz

Ovqat hazm qilish faoliyati, yurak, qon aylanishi tizimidagi buzilishlar hamda et uvishishi sababli yuzaga kelishi mumkin deyiladi. Nimaga havotir olayotganingizni bilmaysiz, lekin ko‘nglim notinch, deya qo‘lingiz ishga bormaydi.

Quvvatsizlik

Gipotoniya, milklar yallig‘lanishi, umurtqa pog‘onasidagi og‘riq, o‘pka va nafas yo‘llariga doir kasalliklarda kuzatilishi mumkin.

Xafagarchilik

Agar tushkun kayfiyatingizning sababini tushunolmasangiz quyidagi alomatlarga diqqat qiling. Ehtimol sizda tish bilan bog‘liq bezovtaliklar, yurak yoki hazm qilish faoliyati bilan muammolar bordir. Tumov yoki sinusit bo‘lmaganmisiz? Tekshirib ko‘ring!

Manmanlik

Shunisi qiziqki, ayrim insonlarga xos manmanlik ham ruhiyat va tana salomatligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin ekan. Xususan o‘z-o‘zidan dimog‘dor bo‘lib qolish bo‘g‘imlar yallig‘lanishi, nafas yo‘llari, jigar faoliyatiga doir o‘zgarishlarga ishora qilishi mumkin.

Xasad

Kimgadir hasad qilishdan avval jigaringiz, qorin va o‘t pufagingiz salomatmi, o‘ylab ko‘ring. Ruhshunoslar fikricha, aynan ushbu a’zolarda xastalik bo‘lganida birovga hasad qilish, boshqalarning yutug‘ini ko‘rolmaslik tuyg‘usi yuzaga kelarkan.

Qoniqmaslik xissi

Turmushingizdan tortib, qilayotgan ishingizgacha qoniqtirmayotgan bo‘lsa, yurak, qon aylanish tizimi, migren, nafas yo‘llari kasalliklari, umurtqa pog‘onasining qiyshayishi hamda ortiqcha vazn kabi muammolarga ahamiyat bering. Ko‘pincha mazkur a’zolardagi bezovtaliklar qoniqmaslik hissini keltirib chiqaradi.

Qat’iyatsizlik

Avvaliga hammasi yaxshi ketayotgandi. Biroq ishni tugatay deganingizda o‘zingizni qandaydir qat’iyatsiz sezayapsiz. Mutaxassislar bu holat jigar, nafas yo‘llari, umurtqa pog‘onasi hamda bosh og‘riqlari sabab yuzaga kelishi mumkin deyishadi.

Jizzakilik

Tanadagi og‘riqlar, uyqusizlik, bosh sohasidagi bezovtaliklar, qon bosimining ko‘tarilishi yohud pastlashi shuningdek ovqat hazm bo‘lmasligi jizzakalikka sabab bo‘lishi mumkin.

Qo‘rquv

Bu xis borasida shifokorlar va ruhshunoslarning fikri bo‘linadi. Biri qo‘rquvning sog‘liq bilan bog‘liqligi yo‘q desa, boshqasi aksini aytadi. Qo‘rquv nafas yo‘llarining surunkali kasalliklari, bosh og‘riqlari, ko‘rish va eshitish qobiliyati bilan aloqador o‘zgarishlarda uchrashi mumkin ekan.

Hamma narsadan zerikish

Qon aylanish tizimining buzilishi, o‘t qopi, teri va sochlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar, shuningdek, organizmning immun tizimi zaiflashganida atrofdagi voqea-xodisalarga nisbatan zerikish xissi kelib chiqadi.

Urushqoqlik

Arzimas narsalarga ham qo‘lini musht tugib, ovozini balandlatadigan kishilar bavosil, yurak-qon tomir tizimi, oyoq tomirlarining siqilishi (spazm), buyrak va siydik yo‘li kasalliklariga diqqat qilishlari lozim. Mutaxassislar, aynan mana shu a’zolarda aniqlangan xastaliklar janjalkashlikka turtki bo‘ladi deyishadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Fe’lingiz yomon, davolaning | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя