Главная » 2021 » Март » 21 » Fergyuson Nurmagomedov qaroriga munosabat bildirdi
23:31

Fergyuson Nurmagomedov qaroriga munosabat bildirdi


Amerikalik aralash uslubdagi jangchi (MMA) Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovning karerasini yakunlash to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirdi. Sportchi Twitterda rossiyalikning menejeri Ali Abdul-Aziz postiga izoh qoldirgan.

AQShlik sportchi UFC chempionini haqoratlab, uni qo‘rqoqlikda aybladi. Shuningdek, u sportni tark etganidan so‘ng Nurmagomedov ruhan unga taslim bo‘lganini aytdi.

19-mart kuni UFC rahbari Deyna Uayt rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedov karerasini rasman tugatganini e’lon qilgandi. Endi bo‘shab qolgan yengil vaznda UFC chempionlik unvoni uchun Maykl Chandler va Charlz Oliveyra kurash olib borishadi.

Nurmagomedov 29 ta jangda 29 g‘alabaga erishgan: shulardan 13 tasini UFCda amalga oshirgan. Uning vaqtinchalik chempionlik kamariga egalik qilgan Fergyuson bilan jangi turli sabablarga ko‘ra besh marta bekor qilingan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Nurmagomedov, qaroriga, Fergyuson, munosabat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя