Главная » 2020 » Ноябрь » 21 » Feruza Normatova Turkiyada «koronavirusdan ham yomonroq» kasallikni boshdan kechirgani haqida gapirdi
21:37

Feruza Normatova Turkiyada «koronavirusdan ham yomonroq» kasallikni boshdan kechirgani haqida gapirdi


«Mendirman Jaloliddin» serialida Shirin ismli qahramon obrazini gavdalantirayotgan aktrisa Feruza Normatova jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda Turkiyada «koronavirusdan ham yomonroq» kasallikni boshdan kechirgani haqida gapirdi.

- Buni aytish to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi, bilmadim. Turkiyada juda og‘ir paytlar bo‘ldi. Ota-onam, yaqinlarimdan bu qadar uzoq muddatga hech qachon uzoqlashmaganman. Shu paytda Xudoyimning sinovi keldi boshimga. Uydagilar siqilmasin, deb ularga ayta olmaysiz. Instagram, boshqa joylarga qo‘ya olmaysiz, o‘zi vahima payti, pandemiya davri. Koronavirus bo‘lib qolganim yo‘q, undan battar bir dard keldiki, o‘sha muddat eng qiyin davrim desam, adashmagan bo‘laman.

Turkiyada juda yaxshi shifokorlar bor, shunchalik yaxshi davolashganki, Toshkentga kelganimdan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tdim, asar ham qolmabdi kasallikdan. Shu darajada yaxshi davolashgan. Lekin kasallikni o‘tkazib yuborish, ota-onangiz va yaqinlaringizdan yiroqda dardga sabr qilish, hech kimga aytmasdan shifoxonada yolg‘iz kezish, bu juda og‘ir bo‘ldi. Hech qachon shu yoshimga qadar shifoxonada yotmagandim, lekin o‘sha yerda shunaqa bo‘lib qoldi. «Mendirman Jaloliddin» serialining boshida turgan, O‘zbekistondan borgan vakillar meni o‘zlari davolatishdi, hamma joyga o‘zlari yugurishdi.

Shukrki, tezda tuzalib, shifoxonadan chiqdim. Keyinchalik ota-onam Turkiyaga aylanishga keldi, o‘sha payt nimadir bo‘ldi-yu, sirim ochilib qoldi. Ular hayron bo‘lib, meni quchoqlab: «Shunaqa narsani boshingdan o‘tkazib, bizga nega aytmading?», deyishdi. Shukr, O‘zbekistondan borgan vakillar, o‘zimizning aktyor, aktrisalar ko‘magida tuzaldim, deydi Feruza Normatova.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: gapirdi, Turkiyada, boshdan kechirgani, Feruza Normatova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
21.11.2020 Спам
Undan battar bo'mapsanda


Ответ:

avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя