Главная » 2020 » Декабрь » 12 » FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzodlarni ma’lum qildi
11:57

FIFA yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzodlarni ma’lum qildi


Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga uchta nomzodni e’lon qildi

Ro‘yxatdan "Barselona" hujumchisi Lionel Messi, "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskiy joy olgan. 

Eng yaxshi darvozabon sovrini uchun esa "Liverpul"dan Alisson Beker, "Bavariya"dan Manuel Noyer va "Atletiko"dan Yan Oblak kurash olib boradi.

"Lids" bosh murabbiyi Marselo Belsa, "Bavariya" ustozi Xans-Diter Flik va "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yilning eng yaxshi murabbiyi unvoniga nomzodlar hisoblanadi.

Shuningdek, Pushkash (yilning eng chiroyli goli uchun) mukofotiga nomzodlar ham ma’lum bo‘lgan. Nominatsiyaga Luis Suares ("Atletiko"), Jorjian De Arraskaeta ("Flamengo") va Son Xin Min ("Tottenxem") kiritilgan.

Taqdirlash marosimi 17 dekabr kuni onlayn formatda o‘tkaziladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: futbolchisi, FIFA, ma’lum qildi, nomzodlarni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя