Главная » 2016 » Ноябрь » 10 » Filipp Kirkorov o‘g‘irlik uchun sud oldida javob beradi
20:05

Filipp Kirkorov o‘g‘irlik uchun sud oldida javob beradi


Fransiyada mashhur bo‘lgan “Space” guruhi va uning rahbari Dide Maruani rossiyalik mashhur xonanda Filipp Kirkorovga qarshi arz bilan sudga murojaat etmoqchi. Bu haqda “Korrespondent.net” sayti xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga qaraganda, Kirkorovning “Jestokaya lyubov” qo‘shig‘i “Space” guruhining “Symphonic space dream” kompozisiyasidan olingan. Bu qo‘shiqning muallifi esa Dide Maruani hisoblanadi. Bu taronaning ko‘chirilganligi borasidagi faktni ekspertiza tasdiqlagan.
 
Maruani ilk marta sudga bergan da’vosida Kirkorovning yuqoridagi qo‘shig‘ini kuylashi taqiqlanishini va mualliflik huquqi buzilganligi uchun 75 million rubldan ortiq miqdordagi kompensatsiya talab qilgandi.
 
Fransiyalik musiqachi arz qilgan da’voda faqatgina Kirkorov emas, balki “Jestokaya lyubov” qo‘shig‘i muallifi Oleg Popkov, Filipp Kirkorov Production, Sony Music Entertainment kabi kompaniyalar ham javobgar.
 
“Space” guruhi yuristining aytishicha, shu haftada Filipp Kirkorovga qarshi qiymati 5 million dollarni tashkil etuvchi ikkinchi da’vo arizasi taqdim etiladi.
 
O‘z navbatida Kirkorovning ish yurituvchisi fransiyalik hamkasblari bilan kelishib, tushunmovchiliklarni bartaraf etish harakatiga tushib qolgan.

Rasulova Durdona


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: o‘g‘irlik, Filipp Kirkorov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя