Главная » 2021 » Май » 27 » “Fly Egypt” samolyoti Toshkent ustida qoidaga zid harakatlandi. Holat bo‘yicha komissiya tuzildi
16:14

“Fly Egypt” samolyoti Toshkent ustida qoidaga zid harakatlandi. Holat bo‘yicha komissiya tuzildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Misrning “Fly Egypt” aviakompaniyasi havo kemasi Toshkent ustidan ruxsat berilmagan qayrilishni amalga oshirib qonunni buzgani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Transport vazirligi Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, kecha, 26 may kuni Toshkent – Qohira yo‘nalishi bo‘yicha FEG 1402 qatnovini bajarayotgan “Fly Egypt” aviakompaniyasining ro‘yxat raqami SU TMG bo‘lgan, Boeing-737 rusumli havo kemasi ekipaji “Toshkent” aeroportidan parvozni amalga oshirish jarayonida noto‘g‘ri manyovrni amalga oshirgan.

Ayni damda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 dekabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida fuqaro aviatsiya havo kemalari bilan sodir bo‘lgan aviatsiya halokati va insidentlarini tekshirish qoidalari”ga muvofiq aviahodisa tekshiruvini o‘tkazish yuzasidan komissiya tuzildi.

Komissiya tomonidan holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Fly Egypt, samolyoti, komissiya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя