Главная » 2021 » Сентябрь » 10 » «Fojia yaqinlashmoqda» – Abdurashid Do‘stum bayonot berdi
22:08

«Fojia yaqinlashmoqda» – Abdurashid Do‘stum bayonot berdi


Marshal Abdurashid Do‘stum tvitterdagi sahifasida xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonning hozirgi hukumatini tan olishga shoshilmaslikka chaqirdi.

«Men xalqaro hamjamiyatni va barcha qo‘shnilarimizni, ayniqsa shimoliy va shimoli-g‘arbiy davlatlarni, Afg‘onistondagi terroristik hukumatni tan olishga shoshilmaslikka chaqiraman.

Men BMTdan sukunatni buzishni va «qora ro‘yxat»ga kiritilgan terrorchilardan Panjshirdagi etnik tozalash va genotsidni to‘xtatishni, vodiy darvozalarini ochishni, OAVga vaziyatni yoritishga va Panjshirga gumanitar yordam kirishiga ruxsat berishni talab qilishini so‘rayman. Fojia yaqinlashmoqda», deb yozadi u.

Bu orada «Tolibon» Afg‘onistondan ekstremistlarni quvib chiqarayotgani haqida xabar tarqaldi.

Qayd etilishicha, «Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati»ning ko‘p a’zolari «Tolibon» talabi bilan Afg‘onistonni tark etishgan. Bu bayonot harakatning Qatar siyosiy idorasi rasmiy vakili Muhammad Shohin tomonidan Xitoy nashriga berilgan intervyuda aytilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekstremistik tashkilotning ko‘plab a’zolari Afg‘onistonni tark etishgan, chunki ularga Afg‘oniston hududidan boshqa mamlakatlarga hujumlar tayyorlash uchun yo‘l qo‘yilmasligi aytilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Fojia, bayonot, Abdurashid Do‘stum | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя