Главная » 2021 » Июнь » 17 » “Fonogramma aytadigan muttaham deganlar”. Sardor Mamadaliyev ustoz san’atkor uni to‘yda kamsitgani haqida gapirib berdi (video)
18:25

“Fonogramma aytadigan muttaham deganlar”. Sardor Mamadaliyev ustoz san’atkor uni to‘yda kamsitgani haqida gapirib berdi (video)


Xonanda Sardor Mamadaliyev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Sardor Mamadaliyev suhbat davomida ustoz san’atkor uni to‘yda kamsitgani haqida gapirib berdi.

Rahmatli Rahmatilla Mirzayev hayot edilar. To‘yda davrani ular olib borayotgandilar. Joylari jannatdan bo‘lsin, ilohim. Ular rostdan ham muxlisim bo‘lgan ekanlar. Mana erkakcha ovoz, bu xonandani radiolarda eshitib, kim ekan, deb yurardim, deb tantanali e’lon qilib, ko‘klarga olib chiqqan vaqtda bir ustoz san’atkorimiz kelib, olib chiqib tashlamaysizlarmi fonogramma aytadigan muttahamni, deganlar. Kimligini aytmayman, o‘shanda u san’atkor dilimni qattiq og‘ritgan, lekin u san’atkorning ijodi juda ham yaxshi.

Har bitta dilda Alloh yashaydi, iloji boricha dilozorlik qilmaslikka harakat qilaman.

Ichimda u san’atkorga javob ber, degan fikr ham o‘tdi, ammo endi chiqayotgan nihol edim, puf desa, uchib ketaman. Beodobdan odob o‘rgan deydi-ku, men u ustoz san’atkordan odobni o‘rganganman.

Sardor Mamadaliyev, xonanda

Ma’lumot uchun, Sardor Mamadaliyev 1985-yil 10-oktabr kuni Namangan viloyati, Chust tumanida dunyoga kelgan. “Xalqlar do‘stligi” saroyida to‘qqiz marotaba yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Oilali, ikki farzandning otasi.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: fonogramma, Sardor Mamadaliyev, ustoz, kamsitgani, san’atkor, (Video) | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя