Главная » 2020 » Октябрь » 3 » «Forbes» eng ko‘p maosh oluvchi aktrisalarni e’lon qildi
10:23

«Forbes» eng ko‘p maosh oluvchi aktrisalarni e’lon qildi


Sofiya Vergara jahondagi eng ko‘p maosh oluvchi aktrisa — bir yilda 43 million dollar ishlagan «Modern Family» seriali yulduzini «Forbes» jurnali yangilangan reytingining birinchi pog'onasiga joylashtirdi. Ta’kidlanishicha, Vergara bu pullarning katta qismini strim servislari va televideniyedan ishlagan.

O'tgan yilgi reyting yetakchisi Skarlet Yohansson bu yil kuchli o‘nlikka kirmagan.

Anjelina Joli — ikkinchi o‘rinda. Bir yillik daromadi 35,5 million dollar. Vergaradan farqi, Joli barcha gonorarlarini kinodan ishlagan.

Isroillik aktrisa Gal Gadot (31,5 million dollar) — uchinchi o‘rinda. U «Forsaj» turkum filmlari, «Betmen Supermenga qarshi», «Adolat ligasi», «Mo‘’jiza-ayol» filmlari bilan tanilgan.

Reytingga kiritilgan 10 aktrisaning yillik daromadi jami 254 million dollarni tashkil etdi:

  1. Sofiya Vergara — $43 mln;
  2. Anjelina Joli — $35,5 mln;
  3. Gal Gadot — $31,5 mln;
  4. Melissa Makkarti — $25 mln;
  5. Meril Strip — $24 mln;
  6. Emili Blant — $22,5 mln;
  7. Nikol Kidman — $22 mln;
  8. Ellen Pompeo — $19 mln;
  9. Elizabet Moss — $16 mln;
  10. Viola Devis — $15,5 mln.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: aktrisalarni, eng ko‘p, e’lon qildi, maosh oluvchi, Forbes | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя