Главная » 2020 » Декабрь » 12 » “Forbes” yilning eng saxiy davlatlarini ma’lum qildi
18:51

“Forbes” yilning eng saxiy davlatlarini ma’lum qildi


"Forbes" jurnali 2020 yilning eng saxiy mamlakati sifatida Irlandiyani tanladi. Natija odam boshiga tushgan xayriya miqdoriga ko‘ra aniqlangan. 

Kuchli beshtalikka AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya mamlakatlari kirgan. 

Ro‘yxat mualliflari barcha xayr-ehsonlar ham koronavirusga qarshi kurash uchun sarflanmaganini ta’kidlagan, ya’ni, Umumjahon tenglikni targ‘ib qiluvchi tashkilotlarga ham moliyaviy ko‘mak ajratilgan. 

Jurnalistlar AQSHning oziq-ovqat jamg‘armasi kampaniyasining muvaffaqiyatli natijalarini ta’kidlagan. Tashkilot vakillari yordamga muhtojlar uchun 44 million dollardan ko‘proq mablag‘ to‘plagan. 

Shuningdek, koronavirus pandemiyasi bilan kurashish uchun mablag‘ ajratgan eng saxiy homiy Twitter asoschisi Jek Dorsi bo‘lgan. U ushbu maqsad yo‘lida milliard dollar sarflagan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Yilning, saxiy, ma’lum qildi, davlatlarini, Forbes | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя