Главная » 2017 » Август » 21 » Foto: Andijon viloyati hududida snaryad topildi
10:51

Foto: Andijon viloyati hududida snaryad topildi


Andijon viloyati Jalaquduq tumani dala maydonida 152 mmli snaryad topildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Kun.UZ’ga ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, Jalaquduq shahar Boycheki MFYda yashovchi X.M. Jalaquduq tumani Teshiktosh QFY Dehqonobod mahalla hududida joylashgan «Foziljon-erlari» fermer xo‘jaligining dala maydonida ov qilayotgan vaqtida «Gaubisa D-20» nomli, uzunligi 70 sm, 152 mm kalibrli snaryadni topib olgan. U eskirib zanglagan holda bo‘lgan. Shundan so‘ng, X.M. o‘q-dorini yashash uyiga olib kelgan va o‘z ixtiyori bilan tuman IIB hodimlariga topshirgan.

Ushbu snaryad ayni vaqta viloyat IIB maxsus guruh xodimlariga topshirilgan. Tergovga qadar tekshiruvni tuman IIB tergov bo‘limi olib bormokda.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Foto: Andijon viloyati hududida sna | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя