Главная » 2020 » Август » 29 » Foto: Bollivud yulduzlari farzandlari bilan ayni yoshda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?
23:05

Foto: Bollivud yulduzlari farzandlari bilan ayni yoshda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?


Avval aktyor va aktrisalar ko‘rinishi hozirgidek bir xil bo‘lmagan, tabiiy va istarali ko‘ringani sabab hozirgi yulduzlardan farq qilgan, degan fikrlar yo‘q emas. Ushbu qarash qanchalik to‘g‘ri buni Bollivud yulduzlari va ularning farzandlari bilan bir yoshdagi suratlarni solishtirish orqali xulosa qilish mumkin.

Mitxun Chakraborti va o‘gli Namashi Chakraborti

Mitxun Chakraborti ilk bor 1976-yilda “Qirollik ovi” filmida suratga tushgan. Shundan keyin aktyor ilk milliy kino mukofot va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. U vaqtda aktyor, kichik o‘g‘li Namashi singari 26 yoshda bo‘lgan. Boshqa farzandlaridan ko‘ra Namashi, Mitxunga ko‘proq o‘xshaydi va u ham yaqin orada kinoda debyut rol ijro qiladi.

Shridevi va Janvi Kapur (23 yosh)

80-yillar janubda taniqli yulduz bo‘lib ulgurgan Shridevi, Bollivudga kelganidan keyin karyerasi yanada gullab-yashnagan. 23 yoshida aktrisa arsenalida “Artist”, “Qayg‘uli hikoya”, “Tuhfa” va “Sehrli brilliant” filmlaridagi muvaffaqiyatli ijrolar bo‘lgan. Ayni vaqtda aktrisaning qizi Janvi ham 23 yoshda. U ham kino olamiga qadam qo‘ygani va uchta loyihada ishtirok etganiga qaramay, onasichalik mashhurlik cho‘qqisini zabt eta olmagan. Uni aktyorlik mahoratidan ko‘ra, tashqi ko‘rinishga e’tibor qaratish, kosmetolog va plastik jarroh qabulida bo‘lish qiziqtiradi.

Amitabx va Abhishek Bachchanlar (31 yosh)

Mazkur suratda ota va bola 31 yoshda. Ularning har ikkisi ham iste’dodli, kelishgan va mahoratli aktyor hisoblanadi. Ammo nima uchundir Abhishek iste’dodi, otasi va rafiqasi Ayshvariya Ray soyasida qolib, muxlislar tomonidan yetarlicha baho berilmaydi.

Tanudja va Kajol (21-22 yosh)

Tanudja o‘z davrining eng iste’dodli va go‘zal aktrisalaridan. Qizi Kajol esa qobiliyatda ham tashqi qiyofada ham onasidan qolishmaydi. Suratda ona bola deyarli bir yoshda.

Rakesh Roshan va Ritik Roshan (37 yosh)

Mazkur surat Rakesh Roshan rol ijro qilgan “Ilohiy ota” filmidan olingan. U vaqtda aktyor 37 yoshda bo‘lgan, Ritik ham ayni vaqtda 37 yoshda. Ularning suratlariga nazar tashlab, ikki tomchi suvdek o‘xshash degan xulosaga kelish mumkin.

Babita va Karishma Kapur (24 yosh)

Aktrisa Babita ushbu suratda 24 yoshda. Qizi Karishmaning ham 24 yoshlik suratiga qarab ona-bola o‘rtasida o‘xshashlik va sezilmas darajadagi qandaydir farqlar borligini bilish mumkin.

Rishi Kapur va Ranbir Kapur (37 yosh)

Rishi Kapur 1989-yilda rol ijro qilgan “Chandni” filmidan olingan surat. O‘g‘li Ranbir hozir 37 yoshda, otasi ham mazkur film suratga olinganda ayni yoshda bo‘lgan. Ranbirning qiyofasi ko‘proq onasi, aktrisa Nita Singxga o‘xshasa ham, iste’dod va mahorat otasidan meros.

Amrita Singx va Sara Ali Xon (23 yosh)

Sara Ali Xonga onasining quyib qo‘ygandek o‘zi deb ta’rif beriladi. Suratda ularning har ikkisining ham yoshi 23 da. Sara ham onasi Amrita singari aktrisalik sohasini tanlagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: farzandlari, foto, Bollivud yulduzlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя