Главная » 2017 » Декабрь » 10 » Foto: Toshkentdagi Hamid Olimjon haykali Adiblar xiyoboniga ko‘chdi. Zulfiya va G‘afur G‘ulomdan so‘ng
10:11

Foto: Toshkentdagi Hamid Olimjon haykali Adiblar xiyoboniga ko‘chdi. Zulfiya va G‘afur G‘ulomdan so‘ng


Foydalanuvchilardan biri bu voqeaga: “Zulfiya Hamid Olimjonni kutib qolgan edi”, — deya munosabat bildirgan.

Zulfiya haykali o‘zining yangi o‘rnida.

Xabar berishlaricha, bundan avvalroq shoira Zulfiyaning haykali, ikki hafta avval esa adib G‘afur G‘ulomning haykali dastlabki o‘rnatilgan joyidan Adiblar xiyoboniga ko‘chirilgan edi.

G‘afur G‘ulom haykali o‘zining yangi o‘rnida.

Milliy bog‘ hududida Adiblar xiyobonini tashkil etish haqidagi qaror O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 18-aprel kuni imzolangan edi.

Hamid Olimjon haykali o‘zining yangi o‘rnida.

Qarorga muvofiq, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom va Zulfiya haykallari Adiblar xiyoboniga ko‘chirilishi, bundan tashqari Ozod Sharafiddinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf sharafiga yangi haykallar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan edi.

Qayd etish joiz, 1991-yili Milliy bog‘ hududida shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning haykali barpo etilgan. Keyinchalik bog‘ning alohida bir qismida O‘zbekiston xalq yozuvchilari Abdulla Qahhor (2007), Oybek (2010), Said Ahmad (2010) va shoira Saida Zunnunova (2013) haykallari ketma-ket o‘rnatilgan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Hamid Olimjon, Haykal | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя