Главная » 2020 » Апрель » 9 » Fotogalereya: Koronavirus hujumi mikroskop ostida
16:43

Fotogalereya: Koronavirus hujumi mikroskop ostida


Amerikada joylashgan bir necha laboratoriyalarning olimlari yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infeksiyaga chalingan organizm hujayralariga hujum qilishi tasvirlangan suratni e’lon qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, SARS-CoV-2 nafaqat o‘pkada, balki nafas olish yo‘llarining yuqori qismlarida, shuningdek, inson ichaklarida ko‘payadi. Aniqlanishicha, tomoqdan olingan shilliq namunasining virusli RNKsini test qilish kasallik belgilari paydo bo‘lmaganida ham samarali hisoblanadi.

Bu yangi virusni 2003-yili o‘tkir og‘ir respirator sindromini (atipik pnevominiya) keltirib chiqargan SARS-CoV’dan ajratib turadi.

Uni nafas olish yo‘llarining yuqori qismidan olingan tahlillar yordamida doim ham aniqlab bo‘lmagan, virusli RNKning zichlik cho‘qqisi keyinroq sodir bo‘lgan.

Taxminlarga ko‘ra, yangi virus kasallikning dastlabki bosqichlarida — belgilar nafas olish yo‘llarining yuqori qismiga infeksiya tushganini ko‘rsatgan vaqtda faolroq tarqaladi.

Bu kabi xulosaga Bundesver mikrobiologiya instituti tadqiqotchisi Roman Velfel boshchiligidagi Germaniya va Buyuk Britaniya olimlari kelgan. Ularning ishi 1-aprel kuni Nature jurnalida chop etilgan. “Korrespondent.net” koronavirusning olimlar tomonidan mikroskop ostida suratlarni to‘plab taqdim etdi.










Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя