Главная » 2019 » Декабрь » 22 » Fotogalereya: Qoyaga tirmashuvchilar tog‘larda qanday uxlaydi
20:37

Fotogalereya: Qoyaga tirmashuvchilar tog‘larda qanday uxlaydi


Shunday odamlar borki, mehmonga, safarga borgan vaqtida ular uchun begona yostiq, o‘rin-ko‘rpada uxlash qiyinchilik tug‘diradi. Biroq tog‘ma-tog‘ tirmashib yuruvchi alpinistlar, daraxt yoki qoyada qanday uxlaydi? Albatta ulardek osilgan holatda pinakka ketish uchun, uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rish lozim. Bu borada xavaskor bo‘lgan qoyaga tirmashuvchilar maxsus palatka – portlejlardan foydalanadi.

Foto: Big Picture

Tommi Kaldvell va Kevin Yorgeson AQShdagi eng baland monolit-tog‘i Kaliforniyadagi El-Kapitanga tirmashib chiqib tarixga kirgan. Qoyaga ko‘tarilishning o‘ziga 19 kun vaqt ketgan, qoyaga tirmashuvchilar ishlab chiqqan Dawn Wall (“Ufq devori”) yo‘nalishni bosib o‘tishga 19 kun vaqt sarflangan.

Foto: Big Picture

El-Kapitan — Kaliforniyada joylashgan Yosemit milliy parkining diqqatga sazovor maskanlaridan biri. Tog‘ning o‘lchami va shaklining o‘ziga xosligi ekstremallarning bu joyga mehr qo‘yishiga turtki bo‘lgan.

Foto: Big Picture

Ayrim qoyaga tirmashuvchilar palatkalarini daraxtga tikadi.

Foto: Big Picture

AQShning Yuta shtatidagi Zayon milliy parki.

Foto: Big Picture

Appalachi, Shimoliy Karolina, AQSh.

Foto: Big Picture

Buyuk Britaniya, Uelsdagi Gogart dengiz qoyalari.

Foto: Big Picture

Hindiston, Himolay tizmasidagi, Meru tog‘i.

Foto: Big Picture

Shamoni, Fransiya.

Foto: Big Picture

Baffinova yeri, Kanada.

Foto: Big Picture

Yuta shtatidagi qoyalarga chodirni 128 metr balandlikda o‘rnatish uchun 11 nafar odam 24 soat vaqt sarflagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя