Главная » 2019 » Декабрь » 29 » Fotogalereya: Yangi yil uchun uy bezatishning 10 usuli
17:14

Fotogalereya: Yangi yil uchun uy bezatishning 10 usuli


Yangi yilni kutib olishga ham oz vaqt qoldi. “Elledecoration.ru” nashrida taqdim etilgan xonadonda bayram atmosferasini paydo qiladigan interyerlar haqidagi maqolani e’tiboringizga havola qilamiz.

1. Minimallashgan yangi yil dizayni hech qachon urfdan qolmaydi

Klassik yangi yil archasini minimalizm uslubidagi chiroyli yashil dekor bilan almashtirish mumkin. Devorga archa yoki evkalipt shohlarini osish, shuningdek, boshqa daraxtlarning quruq shohlarini joylashtirib, ularga archa o‘yinchoqlarini osgan holda yaxlit kompozitsiya hosil qilish mumkin.

2. Yashil buyumlar tillarang va qordek oq ranglar bilan juda chiroyli ko‘rinadi

Yashil + oq – birlashuvi yangi yil ramziga aylangan archa hamda oppoq qor hamohangligini ta’minlaydi. Boshqa qo‘shimcha ranglar uyg‘unligi esa insonning bayramona kayfiyatiga yana xursandchilik qo‘shadi!

3. Tim qora ranglardagi dekorni ham sinovdan o‘tkazish lozim

 

Tim qora hamma tusdagi interyer ham yangi yil arafasida xonani bezish mumkin. Ko‘pincha dala hovlida yashaydiganlar derazalari ko‘p xonadonlarda shunday ranglarni tanlaydi, sababi shisha oynalarning ko‘pligi xonalarni yanada yorqinlashtiradi. Kamin, qalin jun ro‘mollar va mo‘yna xonaga Rossiya qishi effektini bergan.

 

4. Eng yaxshi yangi yil gulchambari inson o‘z qo‘li bilan yasagani bo‘lsa kerak!

Yangi yil gulchambarini yasashda an’anaviy yo‘ldan borib, archa shohlari yoki tikanlaridan foydalanish sahrt emas. Tasavvurni ishga solib, turli tajribalar o‘tkazish mumkin. Masalan, qog‘oz, oltinrang karton yoki sharob qutilaridan gulchambar yasash mumkin.

5. Bittasi yaxshi, ikkitasi undan-da a’lo!

Yangi yil gulchambari bitta emas ikkita bo‘lsa yana ham yaxshi. Karnizga ilingan bir nechta yashil gulchambarlar deraza atrofidagi har qanday ko‘rinishga qo‘shimcha zeb beradi

6. Kumushsifat kulrang — yangi rang!

Kiborlarga xos javohir tusidagi kulrang yangi yil oltini uchun munosib. Bunday ranglarda bezatilgan uy shohona, glamurga va bayromonalikka ortiqcha hashamsiz ham chiqa oladi. Bunda archani bir-biriga yaqin ranglardagi o‘yinchoqlar bilan bezash mumkin.

6. Bayram idish-tovoqlari

Bayram dasturxoniga chiroyli buyumlarni qo‘yish yangi yilning muhim tarkibiy qismlaridan biri.

8. Yangi yil archasi

Archa odatiy kulrang tusdagi devor fonidan ham chiroyli ko‘rinadi va uyga bayromona kayfiyat bag‘ishlaydi. Sun’iy archalar bezatishga qarshi bo‘lganlarga imkon darajasida tabiiy yashil daraxtni ijaraga olish tavsiya qilingan. Shuningdek, archani tuvakda yoki konteynerda o‘stirib keyinchalik hovliga ekib qo‘yish ham mumkin. Bunda usta bog‘bonlardan archa o‘stirish, uni butalash bo‘yicha tavsiyalar olish lozim.

9. Kamin va shamlar

Yangi yil arafasida bezatishga arziydigan uy burchaklaridan biri bu kamin! Haqiqiy kamin bo‘lmasa, uni devorga chizdirish yoki yasash, yoxud xonalarni iloji boricha ko‘proq shamlar bilan yoritish tavsiya qilingan!

10. Qish guldastasi

Tabiiy amarillislar yoki boshqa gullardan yasalga guldasta uyga bayramona shukuh bag‘ishlaydi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя