Главная » 2020 » Сентябрь » 7 » Fotomodel bo‘lishni orzu qilgan qizni chuv tushirgan firibgar Buxoroda qo‘lga tushdi
18:52

Fotomodel bo‘lishni orzu qilgan qizni chuv tushirgan firibgar Buxoroda qo‘lga tushdi


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan N.F. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida yashovchi T.S.ning ishonchiga kirgan. Unga o‘zini taniqli jurnal fotosuratchisi sifatida tanishtirgan.

2020-yilning 27-avgust kuni uni qadimiy obidalar oldida suratga tushirish maqsadida Buxoro shahriga olib borgan. Fotosuratlarini jurnalning bosh sahifasiga chiqarib, uni fotomodel sifatida mashhur qilishini aytgan. Jurnalning har bir sahifasi uchun 850.000 so‘mdan to‘lashga qiz bilan kelishgan. So‘ng jabrlanuvchi T.S.dan mehmonxona xarajatlari uchun 650.000 so‘m naqd pulni aldov yo‘li bilan olib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan.

Ushbu holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, 2-sonli Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan muqaddam xuddi shu kabi jinoyatni sodir etganligi uchun sudlanib, javobgarlikka tortilgan N.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: chuv tushirgan, Qizni, Fotomodel, Firibgar, Buxoroda, bo‘lishni, qo‘lga tushdi, orzu qilgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя