Главная » 2020 » Август » 12 » Foydasidan zarari ko‘p bo‘lgan sabzavotlar
19:54

Foydasidan zarari ko‘p bo‘lgan sabzavotlar


Garvard universiteti tadqiqotchilarining fikricha, sog‘lom ovqatlanishning yarmi meva va sabzavotdan iborat bo‘lishi kerak. Iste’molchilar uchun foydali tuyilgan ozuqalar tanaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ular haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lish esa samaralidir.

  • Kartoshka — afsuski, yog‘da qovurilmagan bo‘lsa-da, zararli. Kraxmal qonda qand miqdorini oshiradi va quyoshda qalin po‘sti ishlab chiqaradigan solanin (zaharli modda, odam organizmiga kirganda kuchli zaharlanish holatini keltirib chiqaradi) moddasi asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, kartoshka yuqori glikemik indeksga ega, ya’ni ularning energiyasi tanaga juda tez singadi. Shu tufayli ham kartoshka iste’molidan so‘ng inson darrov o‘zida ochlik hissini sezadi va modda almashinuvi jarayoni buziladi.
  • Baqlajon — solanin  moddasiga boy bo‘lgan yana bir sabzavot. Mahsulot qancha ko‘p pishirilsa, zararli tomonlari ham shuncha ko‘payib boraveradi. Ayniqsa, baqlajon pishirilayotganda o‘zining salbiy xususiyatlarini ko‘rsatadi. Bundan xalos bo‘lish uchun baqlajonni ovqatga olishdan avval tuzli suvda ivitiladi. Bundan tashqari, baqlajonni qurish jarayonida foydali jihatlari yo‘qolib, faqat toksinlar mavjud bo‘ladi.
  • Maydanoz (petrushka) va ismaloq — ushbu ko‘kat boshqalariga qaraganda nitratni tezroq singdiradi. Umuman olganda, tanosil kasalliklari yuzaga kelmasligi uchun yuqoridagi mahsulotlardan ehtiyot bo‘lish kerak.
  • Bulg‘ori qalampiri — agar bo‘g‘inlarda muammo bo‘lsa, ushbu mahsulotdan uzoqroq bo‘lgan yaxshi. Bundan tashqari uning tarkibida organizm uchun zararli hisoblangan solanin moddasi bor.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: sabzavotlar, bo‘lgan, zarari ko‘p, Foydasidan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя