Главная » 2020 » Декабрь » 13 » Fransiya fuqarosi Yevropa lotereyasi tarixidagi rekord yutuq — 200 million yevro yutib oldi
23:06

Fransiya fuqarosi Yevropa lotereyasi tarixidagi rekord yutuq — 200 million yevro yutib oldi


Xalqaro EuroMillions lotereyasida 11-dekabr kuni rekord jekpot o‘ynaldi — g‘olib 200 million yevro yutib oldi, deb xabar bermoqda Meduza.

Lotereya tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, yutuqli chipta g‘olibi Fransiyada yashaydi. Hozircha u yutuqni olib ketish uchun murojaat qilmagan. Buning uchun unda 60 kun vaqt bor.

G‘olib beshta asosiy raqam va ikkita qo‘shimcha raqamlarni to‘g‘ri topgan.

EuroMillions — Buyuk Britaniya, Irlandiya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Belgiya, Lyuksemburg, Shveysariya va Avstriyada bo‘lib o‘tadigan yirik xalqaro lotereyadir. Aksariyat mamlakatlarda standart chipta narxi 2,5 yevroga teng.

Avvalroq EuroMillions tarixidagi maksimal yutuq 190 million yevroni tashkil etgandi — bunday miqdordagi yutuq to‘rt marta (2012, 2014, 2017 va 2019-yillarda) qo‘lga kiritilgan.

Butun lotereya tarixidagi eng katta jekpot 2016-yilda o‘ynalgan. Unda Kaliforniya fuqarosi 1,59 milliard dollar yutib olgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Fransiya, yutuq, lotereyasi, tarixidagi, Yevropa, Rekord | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя