Главная » 2018 » Апрель » 24 » Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQShga rasmiy tashrifi bilan keldi
21:43

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQShga rasmiy tashrifi bilan keldi


Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh davlatiga rasmiy tashrifi bilan keldi, deb xabar bermoqda ria.ru nashri.

Makronning ushbu tashrifi AQSh va Fransiya munosabatlarining 250 yilligiga bag‘ishlangan.

Fransiya rahbarining samolyoti Vashington yaqinidagi Endryus harbiy-havo bazasiga qo‘ngan. Oliy martabali mehmonni AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp kutib oldi.

Davlat tashrifi doirasida bir qator marosimlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ertaga, chorshanba kuni Fransiya prezidenti AQSh kongressida nutq so‘zlaydi.

Shuningdek, Melaniya Tramp Emmanuel Makron va uning turmush o‘rtog‘i sharafiga Vernon tog‘idagi Jorj Vashingtonning uyida kechki bayramona dasturxonini tashkillashtirdi.

Bu Donald Trampning ilk bora Fransiya prezidentini qabul qilishidir.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Emmanuel Makron, AQSH, rasmiy tashrifi, bilan keldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя