Главная » 2020 » Апрель » 10 » Fransiyalik shifokorlar koronavirusning yangi belgilarini ma’lum qildi
18:28

Fransiyalik shifokorlar koronavirusning yangi belgilarini ma’lum qildi


Fransiyalik shifokorlar koronavirusning teri kasalligiga bog‘liq yangi belgilarini ma’lum qildi. Bu boradagi hisobot Dermatolog-venerologlarning milliy ittifoqi (SNDV) saytiga joylashtirilgan.

To‘rt yuzdan ortiq mutaxassislardan iborat tibbiyot xodimlari hamjamiyatining ma’lum qilishicha, COVID-19 bilan kasallanganlar terining tez-tez qizarishi, eshak yemi va yolg‘on belgili sovuq qotishdan shikoyat qilgan. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi xulosalarga virusli infeksiyaga chalingan bir qancha holatlarni tahlil qilish natijasida kelingan. “Biz tibbiyot hamjamiyatini mutaxassislar koronavirusga chalingan yangi bemorlarni tezroq aniqlashi uchun ogohlantirmoqdamiz”, — deyiladi SNDV xabarida.

Shifokorlar shu kabi belgilar kuzatilayotgan fuqarolarni tibbiyot muassasalariga murojaat qilishga chaqirdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, teridagi muammolar COVID-19 belgilari bo‘lmasa-da, ushbu kasallikni baribir davolash kerak.

Rasmiylar SNDV’ning hisobotiga munosabat bildirdi. Fransiya sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Jerom Salomon hozircha koronavirus holatlarida dermatologik belgilarni ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan birorta ilmiy izlanishni bilmasligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Salomon yangi belgilar virusning mutatsiyasi sabab ochilgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.


Manba: "daryo.uz"
| Теги: ma’lum qildi, Koronavirus, yangi belgilari, Fransiyalik, Shifokorlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя