Главная » 2020 » Май » 16 » Fransiyalik vazir koronavirusga qarshi vaksina qachon paydo bo‘lishini aytdi
15:54

Fransiyalik vazir koronavirusga qarshi vaksina qachon paydo bo‘lishini aytdi


JSST koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyat kerakli dori vositalarining qanchalik tez yaratilishiga emas, balki ularning butun dunyo bo‘ylab qanchalik teng taqsimlanishiga bog‘liqligini bildirgandi.

Yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksina kamida 18 oydan keyin paydo bo‘ladi, dedi Fransiya oliy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Frederik Vidal.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarshi vaksina 2020 yil oxirida yoki undan ham oldinroq paydo bo‘lishini aytgandi.

Frederik Vidal vaksinani bunday erta muddatda yaratish mumkinligi to‘g‘risida unda hech qanday ma'lumot yo‘qligini aytdi.

"Vaksina yaratish ustidagi tadqiqotlar odatda bir necha yil davom etadi. Laboratoriyalar va tadqiqotchilar vaksinani yaratish va klinik tadqiqotlar borasidagi ishlarni tezlashtirish uning 18 oydan keyin paydo bo‘lishiga umid bermoqda. Ammo insonlar hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda bu ishni yanada tezlashtirish oqilona fikr emas", - dedi u Europe 1 radiostansiyasi efirida.

5 may kuni Germaniya va niderlandiyalik olimlar koronavirusni yenga oluvchi tajribaviy monoklon antitanani olishgani ma'lum qilingandi.  

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyat kerakli dori vositalarining qanchalik tez yaratilishiga emas, balki ularning butun dunyo bo‘ylab qanchalik teng taqsimlanishiga bog‘liqligini bildirgandi.

AQShning sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassislari ham koronavirusga qarshi vaksina eng yaxshi vaziyatda 12-18 oy ichida tayyor bo‘lishi mumkinligini aytishgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Fransiyalik, qarshi vaksina, koronavirusga, paydo, bo‘lishini aytdi, Vazir | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя