Главная » 2021 » Январь » 17 » Fuqaro uyini “ins-jinslardan tozalash” uchun lo‘li ayolga bor-budini berib yubordi
12:58

Fuqaro uyini “ins-jinslardan tozalash” uchun lo‘li ayolga bor-budini berib yubordi


Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida fuqaro uyini “ins-jinslardan tozalatish” uchun lo‘li millatiga mansub ayolga 12 yarim million so‘mli tilla taqinchoqlarini berib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

2020 yilning 29 oktyabr kuni soat 14:30 larda lo‘li millatiga mansub bo‘lgan ayol, o‘zganing mol-mulkini aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida Yakkasaroy tumani Toshbuloq ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biriga kirib, ushbu xonadonda yashovchi N.A. ni aldab, uyiga duo o‘qilganini aytib, qo‘llarida bo‘lgan ikki dona qo‘g‘irchoq hamda o‘zi bilan olib kelgan arab tili yozuvli qog‘ozlarni xonadon hovlisiga tashlab qo‘yadi. Shundan so‘ng, xonadon egasi bo‘lmish N.A. ga uyini “tozalab” berishni aytib, aldov yo‘li bilan unga tegishli bo‘lgan 12 yarim million so‘mli tilla-taqinchoqlarini qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan firibgarlik moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni 58 yoshli G.M. sodir etgani aniqlanib, ushbu fuqaroga nisbatan ayblov e’lon qilingan va tegishli sudlovda ko‘rib chiqish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tozalash, uyini, ayolga, lo‘li, fuqaro, ins-jinslardan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя