Главная » 2021 » Февраль » 7 » Futbolchining jasadi uyidan chiqdi
20:22

Futbolchining jasadi uyidan chiqdi


Argentinada «Godoy-Krus» klubining urugvaylik 30 yoshli hujumchisi Santyago Garsiya o‘z joniga qasd qildi. Murdasi kvartiradan topilgan.

Sportchining ruhiy muammolari bo‘lgan va u psixiatrga qatnagan. «Marca»ning xabariga ko‘ra, klub matbuot xizmati futbolchining o‘limi o‘z joniga qasd qilish ekanligini tasdiqlab, futbolchining oila a’zolari va do‘stlariga hamdardlik bildirdi.

Santyago Garsiya 2016-yildan beri jamoada to‘p surib kelgan. U 100 ta o‘yin o‘tkazib, 46 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. U Braziliya chempionatida ham ishtirok etgan hamda Urugvay yoshlar jamoasi safida o‘ynagan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Futbolchining, jasadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя