Главная » 2021 » Май » 14 » Futboldagi korrupsiyadan “portlagan” “Turon” bosh murabbiyi ishdan bo‘shatildi
14:46

Futboldagi korrupsiyadan “portlagan” “Turon” bosh murabbiyi ishdan bo‘shatildi


Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan  uchrashuvidan so‘ng “Turon” klubi rahbariyati ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda bosh murabbiy Islombek Ismoilov o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, jamoani vaqtincha polshalik mutaxassis Boguslav Baniak boshqarib turadigan bo‘ldi. Aynan, Superliganing 9-turida “Surxon” jamoasi bilan o‘tkaziladigan uchrashuvga jamoani Boguslav Baniak tayyorlaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasida “Turon” klubi murabbiyi Islombek Ismoilov “So‘g‘diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi rasmiy flesh-intervyu chog‘ida so‘kingan holda, etika normalarini buzganligi uchun Tartib-intizom qo‘mitasi unga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizomiy chorasini belgilagandi. 

U o‘z intervyusida futboldagi hakamlikdan norozi bo‘lib, o‘zbek futboli ichida korrupsiya avj olganini da’vo qilgandi


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Turon, portlagan, Futboldagi, ishdan, bo‘shatildi, korrupsiyadan, bosh murabbiyi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя